O‘zbekiston | 09:00 / 20.12.2023
6029
3 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Foto: Mobiuz

Mobiuz sifat va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro ISO standartlariga muvofiqligi tasdiqlandi.

Joriy yilda O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi faoliyatining to‘qqiz yilligini nishonlayotgan Mobiuz mobil operatori o‘z faoliyatida yuqori standartlariga rioya qilishga intilib kelmoqda.

Buni CERT International xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan o‘tkazilgan audit natijalari ham tasdiqlaydi. Tekshiruv Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan aniq va qat’iy mezonlar asosida o‘tkazildi.

Natijada Mobiuz quyidagi standartlarga muvofiq xalqaro va milliy sertifikatlar bilan taqdirlandi:

ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimlari” – bu kompaniya o‘z mahsulot va xizmatlaridan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yaxshi tushunishi, ularning talablarini yetarli darajada qondira olishini tasdiqlaydi. Sertifikat Mobiuz mobil aloqa operatorining abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni doimiy ravishda takomillashtirishga intilayotganidan dalolat beradi.

ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari” – Mobiuz ochiq, shaffof, halol biznes yuritishga sodiqligini tasdiqlaydi. Hujjat Mobiuz korrupsiyaga qarshi kurashishdagi yutuqlarini tan oladi hamda axloq va korporativ mas’uliyat sohasida yuqori standartlarni belgilaydi.

Shuningdek, Mobiuz mobil aloqa operatori “O‘zstandart” agentligining davlat reyestrida ro‘yxatga olingan O‘zDSt ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 milliy muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi

Mobiuz xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritganligi – bu shunchaki standartlar talablarini bajarish emas, balki mobil operatorning sifat, samaradorlik, shaffoflik va mas’uliyatga sodiqligi namoyishidir. Bu uyali aloqa operatori butun katta jamoasining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir.

Mobiuz uni tanlagan, qo‘llab-quvvatlayotgan va unga ishongan barcha abonentlarga, tijorat va biznes hamkorlariga minnatdorchilik bildiradi. ISO sertifikatlari yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Shunday ekan, Mobiuz doimo takomillashish va rivojlanishga intiladi!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid