O‘zbekiston | 11:33 / 20.12.2023
4448
2 daqiqa o‘qiladi

Shanhayning elektronika va biotexnologiya kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin

O‘zbekiston va Shanhay tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston diplomatlari Shanhay shahrida Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi raisi Chjou Minxao va mintaqa Savdo-sanoat federatsiyasi raisi Chjou Tszitsilar bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida Xitoy tomoniga mamlakat iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Xitoy vakillari bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining oshib borayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida, bu borada Shanhay shahrida joylashgan yetakchi kompaniyalarning faolligini yanada oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Elektronika, biotexnologiyalar, "yashil" energetika, oziq-ovqat va boshqa sohalarda faoliyat olib boruvchi kompaniyalarni investitsion loyihalarga jalb qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvlarda 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma va forumlar bo‘yicha ma’lumot almashildi. Kelgusi yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbir va tashriflar tafsiloti ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid