Sudoche rasman xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlari nominatsiyasiga kiritildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sudoche ko‘llar tizimini Ramsar ro‘yxatiga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlari nominatsiyasiga kiritish bo‘yicha rasmiy hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha barcha ishlarni yakunladi. Obekt ro‘yxatga 2522-raqam ostida kiritildi.
O‘zbekiston avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Sudoche ko‘llar tizimini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududi deb e’lon qilgandi. Bugungi kunda chegaralari aniqlangan ko‘llar Ramsar konvensiyasining 2.1-moddasiga muvofiq rasmiy ravishda Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ayni paytda respublikadagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlarning umumiy soni to‘rttaga yetdi va bu hududlarning maydoni bugungi kunda 674,4 ming gektarni tashkil etadi.
Konvensiya kotibiyati xabarida ro‘yxatga yangi obekt kiritilishi O‘zbekistonning dunyodagi eng muhim suv-botqoq yerlarini saqlash va ulardan barqaror foydalanishga qaratilgan Ramsar konvensiyasini amalga oshirishga sodiqligini ko‘rsatishi alohida ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, Sudoche 1960-yillarda dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l hisoblangan Orol dengizining kichik qismi bo‘lib, joriy yilning may oyida ko‘llar tizimi O‘zbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suv-botqoq yerlari ro‘yxatiga kiritilgan 4-obektga aylandi. Ro‘yxatga, shuningdek, Dengizko‘l ko‘li (2001), Arnasoy ko‘llar tizimi (2008), To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari (2020) kirgan.
Mavzuga oid
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024