Ta’tilga otlanayotgan talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi
Avtobuslar O‘zMU bosh binosi oldidagi maydondan har kuni jo‘nab ketadi.
23 dekabrdan boshlab Toshkent shahri, Talabalar shaharchasida joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti (mo‘ljal: Beruniy metrosi) bosh binosi qarshisidagi maydonda (kirish darvozasi, arka oldida) qishki ta’tilga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
Avtobuslar qatnovi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilmoqda:
- Toshkent — Olot (Buxoro);
- Toshkent — Qarshi;
- Toshkent — Termiz.
Avtobuslar soat 10.00 da jo‘naydi. Chiptalar O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.
Qayd qilinishicha, Toshkent-Olot (Buxoro) yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uchun yo‘nalishda belgilangan narxlarda xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatiga jo‘nab ketuvchi talabalar uchun alohida qo‘shimcha temir yo‘l vagonlari tashkil etilgan. Ushbu yo‘nalishlarda imtiyozli temiryo‘l chiptalari O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassa (mo‘ljal: Beruniy metrosi) orqali sotiladi.
Mavzuga oid
16:35
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
16:14 / 14.12.2024
Toshkent avtobuslarida naqd shaklda to‘lov qabul qilish to‘xtatiladi
17:00 / 07.12.2024
Toshkent shahri avtobuslarida naqd pul o‘rniga qanday to‘lov qilish mumkinligi tushuntirildi
12:29 / 30.11.2024