O‘zbekiston | 19:13 / 22.12.2023
6457
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bitta zapravka 1,2 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «B.E.G.700» MChJga qarashli AGTKSh tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priboriga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda uning sxemalari o‘zgartirilgani ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur AGTKSh tomonidan davlat manfaatlariga jami 1 milliard 258 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Mavzuga oid