Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda er-xotin yarashish muddatisiz ajratilishi mumkin
Tegishli qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.
Zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra, sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda olib borilishi, yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarilishi mumkin. Mazkur qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.
«Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga ikki oy muddatda jinoiy oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish topshirilgan.
Qayd qilinishicha, sudga mahalladagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda, er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga imkoniyat yo‘q deb topilsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirmasdan hamda yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qilish qarorini chiqarish huquqi berilishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida sud har ikkala tomonga «o‘ylab ko‘rish va yarashish imkoniyatini topish» uchun muxlat beradi.
Bundan tashqari, bo‘lajak qonun loyihasida sud qarori bilan uy-joyga majburan kiritishga oid yangilik nazarda tutilishi kerak.
Uy egasining talabiga ko‘ra majburiy tartibda kiritilayotgan taraf uy egasiga tegishli mutanosib sharoitga ega boshqa yashash joyiga yoki uy egasi tomonidan ijara haqi to‘lab turiladigan yashash joyiga kiritib qo‘yish imkoniyati berilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:31 / 23.12.2024
Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan yosh oila O‘zbekistonga qaytarildi
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:28 / 02.12.2024