O‘zbekiston | 18:01 / 27.12.2023
15435
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon Bolgariyasi - Manzil

“Manzil” Andijonning Jalaquduq tumanida sovetlar tomonidan Bolgariya deb nomlangan, hozirda esa Osuda hayot deb ataluvchi qishloqqa sayohat qildi. Bu yerda muhofazaga olingan yashil hududni, undagi mahobatli chinorlar va bo‘yi osmonga cho‘zilgan baqateraklarni uchratasiz.

Sobiq ittifoq davrida ba’zi sovxoz va kolxoz nomlari qaysidir davlat nomi bilan atalgan. Masalan, qaysidir sovxoz Ukraina, yana biri Belarus…

Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi manzilimizga Bolgariya nomi berilishiga sabab – sovxoz tashkil qilingan yillari qishloqqa Bolgariyadan mehmonlar keladi va shundan keyin bu yerga Bolgariya nomi beriladi. Hudud asosan bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan va hozirda ham qishloq ahlining asosiy tirikchiligidan biri bog‘dorchilik.

Bu yerda muhofazaga olingan yashil hududni uchratasiz. Unda 200 dan ortiq chinor daraxti, 200 dan ortiq baqaterak, archa, yasin daraxti va xar xil turdagi butalar bor.

Bahor va yoz oylarida bu yerga kelib, tinch tabiat sharoitida dam olib ketuvchilar ko‘payadi. Hozirda ko‘chatlarni ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi


 

 

Mavzuga oid