Surxondaryoda Termiz shahri va 8 ta tumanga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi
«Muzrabot-Dushanbe» magistral gaz quvurining Bandixon tumanidan o‘tuvchi qismida avariya holati yuzaga kelgan. Surxondaryoda bugun soat 6:30 dan Termiz shahri va 8 ta tumandagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Bugun, 28 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining «Polvontosh» mahallasi hududidan o‘tuvchi «Muzrabot-Dushanbe» magistral gaz quvurining 101-190 km oralig‘idagi D-700 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali tomonidan avariya holatini bartaraf etish va tabiiy gaz ta’minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan bugun soat 6:30 dan viloyatning quyidagi shahar va tumanlaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi:
Termiz shahri;
Bandixon tumani;
Qiziriq tumani;
Muzrabot tumani;
Termiz tumani;
Jarqo‘rg‘on tumani;
Qumqo‘rg‘on tumani;
Angor tumani;
Sherobod tumani.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan hamda yaqin vaqtlar ichida ta’minotni tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024