O‘zbekiston | 13:00 / 28.12.2023
6103
5 daqiqa o‘qiladi

UZTELECOM: Zafarli yutuqlar va yangi marralar yili

Foto: UZTELECOM

2023 yil UZTELECOM uchun o‘ziga xos yutuqlar va inkor etib bo‘lmaydigan o‘sish davri bo‘lib, O‘zbekiston telekommunikatsiyalari tarixida unutilmas iz qoldirdi. Sizni kompaniyaning barcha yutuqlarini birgalikda ko‘rib chiqishga taklif qilamiz.

2023 yil davomida UZTELECOM tomonidan respublika bo‘ylab 60 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari yotqizilib, umumiy uzunligi 227 ming kilometrdan ko‘proqqa kengaytirildi. Shu bilan birga, aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan qurilmalarning umumiy sig‘imi 4,8 milliondan ortiq portgacha oshirildi. Ushbu muhim qadamlar 100% ijtimoiy soha obektlarini, 92% aholi punktlarini, jumladan, respublikamizning eng chekka hududlarini ham yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minladi.

Joriy yilda UZTELECOM Internet provayderlarga o‘zining ilg‘or infratuzilmasini taqdim etish dasturini (VISP) ishga tushirib, ular uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Bunday hamkorlik provayderlarni o‘z infratuzilmalariga sarmoya kiritish zaruratidan xalos qiladi va ularga UZTELECOMʼning ishonchli va zamonaviy texnik bazasiga tayangan holda o‘z abonentlariga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Tarmoqni modernizatsiya qilish va kengaytirish:

2023 yil boshida kompaniya mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani boshladi. Loyiha doirasida UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab 6000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va yangiladi. Bu Kompaniya abonentlari uchun mobil aloqaning maksimal barqarorligi va tezligini ta’minladi. Masalan, birgina Samarqand shahrida 1000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Ushbu loyihaning eng muhim yutuqlaridan biri sifatida Toshkent va Samarqand shaharlarida 5G tarmog‘ining keng qamrovi bilan ta’minlanganligini aytish mumkin. Mobil tarmoqning texnik imkoniyatlarini yangilash ishlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, 2023 yil dekabr oyida UZTELECOM VoLTE texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshladi.

VoLTE yuqori aniqlik va tarmoq resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash orqali yanada sifatli ovozli qo‘ng‘iroq tajribasini yaratadi.

Hozirda respublika bo‘ylab ushbu texnologiyani rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda va tez orada har bir aholi VoLTE orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etish joizki, modernizatsiya loyihasi faoliyatimizni yanada rivojlantirish, mobil aloqa tarmog‘i qamrovi darajasini kengaytirish va shu orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish imkonini berdi.

Kompaniya abonentlari bu yaxshilanishlarni ko‘rib, O‘zbekistondagi barcha kompaniyalar orasida ketma-ket uchinchi yil o‘z brendi tufayli yetakchilik mavqeini saqlab kelayotgan UZTELECOM brendiga ishonishadi. 2023 yilda “Yil brendi” tanlovida “Aloqa” yo‘nalishidagi g‘alaba buning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar UZTELECOM tomonidan ko‘rilgan choralar samaradorligini tasdiqlaydi. Kompaniya Ookla kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalariga ko‘ra 2023 yilning 1- va 2-choraklarida O‘zbekistondagi “Eng tezkor mobil tarmoq” deb topildi. 5G ta’minoti uchun nufuzli LEAD Awards mukofotiga sazovor bo‘lganligi ham munosib e’tirofdir. Berlin (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan GCCM Europe 2023 marosimida UZTELECOM “MDH mamlakatlari 2023 yilgi mintaqaviy operatori” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Bu yil UZTELECOM jamoasining mashaqqatli mehnati va tinimsiz harakatlarining samarasi yuqori bo‘ldi. Kompaniya nafaqat innovatsion texnologiyalarni taqdim etishga, balki abonentlari uchun ajoyib tajriba yaratishga ham intildi. Buni BARAKALI MILLION aksiyasi ham tasdiqlaydi, uning doirasida 170 dan ziyod abonentlarga quvonch ulashdi. Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 000 000 000 so‘mni tashkil etdi. BARAKALI MILLION aksiyasi o‘z g‘oliblarining eng ezgu orzularini ro‘yobga chiqardi. Shunday qilib, bosh sovrin – 200 000 000 so‘mni qo‘lga kiritgan birinchi g‘olib ikki orzusini amalga oshirdi: ota-onasini ziyoratga jo‘natib, Nukusdan uy sotib oldi.

Abonentlarga minnatdorlik:

Bu faqat boshlanishi. Kompaniya ishonch bildirgan abonentlariga chuqur minnatdorlik bildiradi. Kelgusi yilda UZTELECOM yangi marralar sari intiladi va yanada yaxshi xizmatlarni taqdim etadi!

UZTELECOM – doimo sizga yaqin bo‘lgan operator.

UZTELECOM ijtimoiy tarmoqlari: utc.uz/scl

MyUztelecom mobil ilovasi: AppStoreGooglePlay

Bot: utc_uzbot

Texnik qo‘llab-quvvatlash: utc.uz/00e17

Call-markaz: 1099

Reklama

Mavzuga oid