O‘zbekiston | 22:55 / 30.12.2023
15404
1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiy xizmatlar va dori vositalariga berilgan QQS imtiyozlari bekor qilindi

2024 yil 1 apreldan tibbiy xizmatlar va O‘zbekistonga olib kirilgan dori vositalari bo‘yicha QQS to‘lanadi.

Foto: Flickr

«Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2024 yil 1 apreldan boshlab, quyidagi savdo aylanmasi bo‘yicha QQS to‘lanadi:

- tibbiy xizmatlar;

- veterinariya xizmatlari;

- dori vositalari;

- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.

Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan boshlab, O‘zbekiston hududiga olib kirishda quyidagilar bo‘yicha QQS to‘lanadi:

- dori vositalari;

- veterinariya dori vositalari;

- tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.

Mavzuga oid