O‘zbekiston | 09:57 / 02.01.2024
7907
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilning ilk daqiqalarida Surxondaryoda uch nafar egizak tug‘ildi

Egizaklar bir nafar o‘g‘il bola va ikki nafar qiz bo‘lib, hozirda ona va bolalarning holati yaxshi ekani aytilmoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

2024 yil 1 yanvar kunining ilk daqiqalarida Surxondaryo viloyati 1-perinatal markazida uch nafar egizak tug‘ilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Sherobod tumanida yashovchi Xadicha Hakimova bir o‘g‘il, ikki qizni dunyoga keltirgan. O‘g‘il chaqaloqning vazni 2 kg 550 gr, qizlar 2 kg 170 gr va 2 kg 80 gr og‘irlikda tug‘ilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 2024 yilning 1 yanvar kuni dunyoga kelgan jami go‘daklar sonini ma’lum qildi – 1859 nafar. Shundan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il.

Eng ko‘p tug‘ilish:

Farg‘ona viloyati – 160 nafar;

Samarqand viloyati – 127 nafar;

Qashqadaryo viloyati – 115 nafar;

Namangan viloyati – 105 nafar;

Andijon viloyati – 97 nafarni tashkil etgan.

Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyatida – 11 nafar bo‘lgan.

Qayd etilishicha, tug‘ilganlarning 12 nafari egizak bo‘lgan.

“Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid