O‘zbekiston | 12:12 / 03.01.2024
5551
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazishni rejalashtiryapti

O‘zbekistonda aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish nazarda tutilmoqda.

Foto: Boston Globe via Getty Images

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini rag‘batlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mamlakatda kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan kasalliklarni erta aniqlash ishlarini takomillashtirish orqali 20 turdagi yangi skrining dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Statsionar kasalliklarning 80 foizini tuman darajasidagi shifoxonalarda bepul davolanishini ta’minlash ham nazarda tutilyapti.

Surunkali kasallikka chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish, sog‘lom va faol keksalikni ta’minlash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid