Dekabrda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Davlat statistika agentligi 2023 yilning dekabr oyi uchun palov indeksini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiya si 29 700 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Buxoro (28 200 so‘m) va Samarqand (27 000 so‘mdan) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 20 000 so‘mdan sotilgan.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 23 400 so‘m;
Andijon viloyati — 24 200 so‘m;
Buxoro viloyati — 28 200 so‘m;
Jizzax viloyati —25 000 so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 26 600 so‘m;
Navoiy viloyati — 23 400 so‘m;
Namangan viloyati — 20 000 so‘m;
Samarqand viloyati — 27 000 so‘m;
Surxondaryo viloyati — 25 400 so‘m;
Sirdaryo viloyati — 25 200 so‘m;
Toshkent viloyati — 24 300 so‘m;
Farg‘ona viloyati — 21 500 so‘m;
Xorazm viloyati — 25 800 so‘m;
Toshkent shahri — 29 700 so‘m.
Mavzuga oid
13:24 / 23.12.2024
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024