Jahon | 18:32 / 06.01.2024
7526
2 daqiqa o‘qiladi

Bir nechta gripp viruslarini zararsizlantira olishi mumkin bo‘lgan yangi antitela aniqlandi

Tadqiqotchilar inson qonida mavjud bo‘lgan A grippi virusining bir necha shakllarini zararsizlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan antitelalar sinfini aniqlashdi. Ushbu kashfiyot mavsumiy gripp viruslaridan yaxshiroq himoyani ta’minlaydigan vaksinalarni ishlab chiqishga umid uyg‘otadi.

Grippga to‘rt turdagi viruslar sabab bo‘ladi: A, B, C va D. Ulardan A va B turdagi viruslar odamlar orasida mavsumiy gripp epidemiyasini yuzaga keltiradi. A grippi virusi H1N1 va H3N2 kabi har xil kichik turlarga bo‘linadi, ular gemagglyutinin (H) va neyraminidaza (N) oqsillarining o‘zgarishi bilan ajralib turadi. Gemagglyutinin gripp virusini hujayralarga kirishiga imkon beradi va neyraminidaza uning tarqalishini osonlashtiradi.

Mavjud vaksinalar ushbu kichik turlarning o‘ziga xos shtammlariga mo‘ljallangan. Biroq virus tez-tez mutatsiyaga uchraganligi sababli, ushbu profilaktik yondashuvlar samarali bo‘lib qolishi uchun muntazam yangilanishlarni talab qiladi. Tadqiqotchilar inson qonida A gripp virusining turli shakllariga, xususan H1 va H3 shtammlariga qarshi qaratilgan antitelalarning yangi sinfini aniqladilar. Muayyan shtammlar uchun ishlab chiqilgan va virus mutatsiyaga uchraganligi sababli doimiy yangilanishni talab qiladigan mavjud vaksinalardan farqli o‘laroq, bu antitelalar genetik o‘zgarishlardan qat’i nazar, yaxshi himoyani ta’minlashi mumkin.

Tadqiqotchilar laboratoriya tajribalarini o‘tkazdilar. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur antitelalar uzoq vaqt davomida aylanib yurgan gripp shtammlari bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. Bu reaktivlik shuni ko‘rsatadiki, inson immunitet tizimi vaqt o‘tishi bilan virusning turli shtammlariga qarshi kurasha oladigan “javob” ishlab chiqadi.

Shunday qilib, bu natijalar kelajakdagi vaksinalarni yaratish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, vaksinalarning keng spektrli antitelalar ishlab chiqarishini ta’minlashning yo‘lini topish mumkin, shunda o‘qlar virusning ikkita kichik turidan bir xil darajada himoyalanish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid