O‘zbekiston va AQSh munosabatlarni mustahkamlash masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, shuningdek, 2024 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.
Oliy va yuqori darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini mustahkamlash istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv kun tartibidan ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari ham o‘rin oldi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024