O‘zbekiston | 07:44 / 06.01.2024
29767
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilmayapti 

O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilmayapti. Bu haqda “O‘zgidromet” vakili ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, yanvar oyi aslida sovuq bo‘lishi kerak. Chunki iliq qishning zararli jihatlari ko‘p.

“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda ham og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — dedi mutaxassis.

Uning aytishicha, qish yakunigacha qor yog‘ishi va havo harorati 0 darajadan pasayishi mumkin.

“Anomal sovuq hozircha kutilmayapti. Qish iliq kelishi haqidagi gapni kunlik harorat +10 yoki +20 bo‘ladi deb tushunmaslik kerak. Qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘ladi”, — dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 30 yillikdagi eng sovuq yanvar oyi 2008 yilda, eng iliq yanvar esa 2016 yilda kuzatilgan.

Mavzuga oid