Surxondaryoning to‘qqizta tuman va shahridagi metan zapravkalar 8 yanvar kuni faoliyat ko‘rsatmaydi
Shu kuni viloyatdagi sakkizta tuman va Termiz shahridagi barcha iste’molchilarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Surxondaryoda “Termiz” magistral quvuriga parallel ravishda 46,5 km uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 km qismi ishga tushirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu sababli 2024 yil 8 yanvar kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi barcha iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Mazkur ishlar kelgusida aholi, ijtimoiy soha obektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganini bildirgan holda, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Natijada Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Sherobod tumanlarini 2024-2025 yilning kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan ta’minlash uzluksizligi yaxshilanadi. Tarmoqlardagi modernizatsiya ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Kompaniya shuningdek, tarmoqlardagi modernizatsiya ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
10:40 / 13.12.2024
Sariosiyoda ko‘chada yo‘lbars yurgani rad qilindi
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
17:22 / 17.10.2024