O‘zbekiston | 10:46 / 09.01.2024
3855
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda fuqarolar egaligida qancha ko‘chmas mulk borligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonliklarda qancha ko‘chmas mulk obektlari borligi ochiqlandi. Bu haqda Kadastr agentligi ma’lumot berdi.
2024 yil 1 yanvar holatiga jismoniy va yuridik shaxslar egaligida 8 million 184 005 ta ko‘chmas mulk obektlari mavjud. Shundan:
- yakka tartibdagi turar joy obektlari — 6 million 244 ming 155 ta;
- ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar — 1 million 492 ming 818 ta;
- noturar joy obektlari — 601 ming 478 tani tashkil etadi.
2023 yilning shu davriga nisbatan solishtirganda o‘sish dinamikasi respublika bo‘yicha jami 154 446 ta ko‘chmas mulkni tashkil etadi. O‘sish dinamikasi bo‘yicha top uchtalikni quyidagi hududlar egalladi:
- Toshkent shahri — 24 525 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 15 549 ta;
- Xorazm viloyati — 14 811 ta.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
22:21 / 01.11.2024