Iqtisodiyot | 11:12 / 09.01.2024
10862
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5 foiz miqdorida saqlab qolindi

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasi saqlanib qoldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarda joylashgan ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining umumiy mol-mulki yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqqa tortilmaydi.

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblash maqsadida obektlarga nisbatan soliq solinadigan baza 1 kvadrat metr uchun quyidagi minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:

  • Toshkent shahrida – 3 mln so‘m;
  • Nukus va viloyat markazlarida – 2 mln so‘m;
  • boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 1,2 mln so‘m.

Ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir.

Mavzuga oid