O‘zbekiston | 12:59 / 10.01.2024
13128
2 daqiqa o‘qiladi

700 dollar va 7 mln so‘mga ikkita “prava” – pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi

Har ikki holatda ham “uddaburonlar” YHXBda ishlaydigan tanishlari orqali “prava” olib berishni va’da qilishgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Ikkita hududda fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro F.G.ga YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 dollar va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqaro M.R.ni YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 7 mln so‘mn olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid