Rossiya hududiga navbatdagi zarbalar va Kupyansk ostonasida yangi janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 685-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya harbiy qo‘mondonligi voronejlik Aleksandr Shpilyovni harbiy xizmatdan bosh tortgani uchun Luhansk oblastidagi zindonga tashladi. Safarbar qilinganlardan biri bo‘lgan ushbu harbiy 19 dekabr kuni Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirgandi.
- ReN telegram-kanaliga ko‘ra, «Vajnix istorii»ning sobiq muxbiri Yekaterina Fominaga qarshi armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatish yuzasidan ish ochilgan. Fomina o‘zini jinoiy ish haqida xabardor qilishmaganini aytgan.
- Tyumenda «maxsus harbiy amaliyot qatnashchisi»ni kaltaklashda gumon qilinganlar qo‘lga olindi.
- Kursk oblasti Gornal qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakili bo‘lgan ayol halok bo‘ldi. Region uzra to‘rtta dron urib tushirilgan, ular aeroport va AES yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.
- Orlov oblasti gubernatori Andrey Klichkov «yonilg‘i-energetika kompleksi obekti»ga ikkita dron qulagani haqida xabar berdi. Telegram-kanallar neft baza va Oryoldagi elektr energiya operatori binosiga hujum qilinganini yozishgan.
- Belgorodda 8 yanvar kuni kechqurun yo‘llangan zarbalar oqibatida uch kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
- «Shchenki» guruhi solisti Maksim Tesliga (u Peterburgdagi konsertda yalang‘och holda chiqqandi) harbiy komissariat uchun chaqiruv qog‘ozi topshirildi. Shuningdek, sud uni mayda huquqbuzarlik uchun o‘n kun muddatga hibsga olgan.
- «Vedomosti» xabariga ko‘ra, RF hukumati «nodo‘st» mamlakatlardagi konsulliklarda prezidentlik saylovlarida ovoz berishni bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Orlov oblastidagi neft bazaga dronlar hujumi
Gubernator Andrey Klichkov 9 yanvar kuni «dushmannnig uchuvchisiz uchish apparatlari» Orlov oblastidagi yonilg‘i-energetika kompleksi obektiga hujum qilgani haqida xabar berdi. Rezervuarda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Klichkovning ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida uch kishi jarohatlangan. Jabrlanganlardan ikki nafari shifoxonaga yotishdan bosh tortgan.
Mash va Shot telegram-kanallari yozishicha, ukrainlarning kamikadze dronlari Oryolning Seminar ko‘chasidagi «Oryolneftprodukt» neft bazasiga hujum qilgan. Kreml ta’siridagi Mash kanali tasdiqlashicha, ukrainlarning ikkinchi droni Visokovoltnaya ko‘chasidagi «Oryolenergo» binosiga urilgan va u yerda yong‘in boshlangan. «112» telegram-kanaliga ko‘ra, dronlarning Oryol shahriga hujumi oqibatida ikki kishi yaralangan. Ular «Oryolenergo» binosi derazalari sinishidan jarohatlangan.
Bu uchuvchisiz uchish apparatlarining Orlov oblastidagi neft bazalarga uchinchi hujumidir. U birinchi bor 2022 yil 16 noyabrida, ikkinchi bor — 2023 yil 17 sentabrida zarbaga uchragandi.
Kupyansk atrofidagi ukrain harbiylari
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024