Jahon | 12:19 / 13.01.2024
2517
3 daqiqa o‘qiladi

Xaruki Murakamining yangi romani 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan chop etildi

12 yanvar kuni mashhur yapon yozuvchisi Xaruki Murakami 75 yoshga to‘ldi. Shu kuni Germaniyada uning «Shahar va uning qaltis devorlari» romani nashr etildi.

Foto: Paco Paredes / EPA / TASS

Xaruki Murakamining «Shahar va uning qaltis devorlari» romani mashhur yozuvchining yubileyi arafasida, 12 yanvar, juma kuni Dumont nashriyoti tomonidan chop etildi. Unda erkak, ayol, ularning cheksiz sevgisi va sirli shahar tasvirlangan. Haqiqiy va xayoliy olam o‘rtasidagi chegaralar xiralashtirilgan, bosh qahramonlar orzular va oddiy hayot o‘rtasida harakatlanadi. Qahramon yengib bo‘lmas devorli shaharda yashovchi sevgilisini yana topish uchun o‘z soyasidan ajralishi kerak. Ammo keyinroq u yana oddiy dunyoga qaytadi. Biroq, sevganini dunyoning chekkasida ham unuta olmaydi.

Roman lokdaun paytida yozilgan. 2020 yil mart oyi boshida, Yaponiyada koronavirus avj ola boshlaganida, Murakami uni har kuni, deyarli uydan chiqmasdan, tugatguncha yozgan. Yozuvchining vatanida kitob 2023 yilning bahorida nashr etilgan. 

600 sahifalik asar muallifning 1980 yilda yozgan va jurnalda chop etilgan qisqa hikoyasi asosida yaratilgan. Murakamining o‘zi aytganidek, bu hikoya uni hech qachon qo‘yib yubormagan - tomog‘idagi mayda suyak kabi, u uni unchalik bezovta qilmaydi, lekin unutishga ham imkon bermaydi. U har doim bu hikoyaga qaytishni va undan ko‘proq narsani yaratishni xohlaganini aytib o‘tdi. 

Haruki Murakamiyaning kitoblari 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan va Yaponiyada ham, xorijda ham bessellerlarga aylangan. Tanqidchilar va kitobxonlarning olqishi unga ko‘plab mukofotlarni olib keldi. Uning eng mashhur asarlari: «Qo‘y ovi», «Norvegiya o‘rmoni», «Shamol qushlari yilnomasi», «Sohildagi Kafka», «1Q84», «Ayollarsiz erkaklar». Murakami kitoblari asosan syurreal va melanxolik bo‘lib, syujyetlarida yolg‘izlik va begonalik mavzulari bir-biriga uyg‘unlashib ketgan. Uning ijodi muxlislari yapon yozuvchisi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishiga umid qilmoqda. Ko‘p yillar davomida uning nomi favoritlar qatorida tilga olinadi. 

Mavzuga oid