«Tayvan - Xitoyning ajralmas qismi» - O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi yuzasidan munosabat bildirdi
Vazirlik O‘zbekiston hukumati «Yagona Xitoy» tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 13 yanvar kuni Tayvanda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari yuzasidan bayonot berdi.
Vazirlik O‘zbekiston tomoni Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidlagan.
«Yagona Xitoy» tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor ma’lum qilamiz», — deya ta’kidladi TIV.
O‘zbekiston ikki sohil o‘rtasidagi munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishining qat’iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi qo‘shimcha qilingan.
- Ma’lumot uchun, Tayvandagi prezidentlik saylovida hukmron Demokratik taraqqiyot partiyasi nomzodi, amaldagi vitse-prezident Uilyam Lay (Lay Sinde) 40 foizdan ortiq ovoz olgan holda g‘alaba qozondi. U Xitoyga iqtisodiy qaramlikni qisqartirish va AQSh bilan yaqinlashish tarafdori hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi
20:35 / 21.12.2024
Bayden Tayvanga 570 mln dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi
17:13 / 20.12.2024