Davosga borgan Zelenskiy va muzlagan front. Urush suratlari
Ukrainada urushning 691-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ukrain harbiylari Azov dengizi ustida Rossiyaning A-50 va Il-22 samolyotlarini urib tushirganini ma’lum qildi. Rossiya tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.
- RF hukumat komissiyasi armiya to‘g‘risidagi «feyk» uchun mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat hozircha Davlat dumasiga kiritilmagan.
- RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin 2022 yil fevralidan buyon Rossiyada armiya to‘g‘risidagi «feyk» bo‘yicha 273 ta jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi. Shundan 90 tasi — 2023 yilda.
- Germaniyadagi Bild tabloidi Rossiya va NATO davlatlari o‘rtasidagi urushning ehtimoliy ssenariysi haqida yozdi. RFda bu material «hazil» deb baholandi, nashrning o‘zi — «axborot chiqindixonasi» deb ataldi. NATOdagilar Bild tomonidan nashr etilgan ssenariy aslida maxfiy razvedka tahlili emas, balki mashg‘ulot rejasi sifatida ishlab chiqilganini bildirdi.
- Finlandiyadagi Yle telekanaliga ko‘ra, 20 dan ortiq fin kompaniyalari Rossiyaga harbiy maqsadli mahsulotlarni eksport qilmoqda. Jurnalistlar bog‘langan bir necha kompaniya xodimlari sanksiyalarni buzayotgani va Rossiya harbiy kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotganini rad etishgan. Ular o‘z mijozlarining Rossiya harbiy sanoati va razvedka xizmatlari bilan aloqalari haqida bilmasligini aytishgan.
- Shveytsariya va Ukraina jahon mamlakatlari yetakchilari darajasidagi global sammit o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Unga Rossiya taklif etilmagan, sammit qachon o‘tkazilishi — hozircha noma’lum.
Volodimir Zelenskiy Bernda shveysariyalik siyosatchilar bilan
Shveytsariyaning Davos shahrida 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi arafasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bernda Shveytsariya prezidenti Viola Amerd, mamlakat Milliy kengashi raisi Erik Nussbaumer, Shveytsariya Kantonlar kengashi raisi Eva Hersog hamda parlamentdagi partiyalar va fraksiyalar yetakchilari bilan uchrashdi. Ular frontdagi vaziyat va Ukraina taklif qilayotgan «tinchlik formulasi»ni muhokama etishgan.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Shveytsariya va Ukraina davlat rahbarlari darajasidagi global tinchlik sammitiga tayyorgarlikni boshlashga kelishib olishgan.
«Ukraina tashabbuslari asta-sekin global tashabbuslarga aylanib bormoqda. Men bu borada yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman», — degan Zelenskiy shveysariyalik siyosatchilar bilan uchrashuvdan keyin bergan kechki videomurojaatida.
Iqtisodiy forum doirasida Zelenskiy Ukrainaning Yevroatlantika integratsiyasi, g‘arb mamlakatlari bilan mudofaa va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida hamkorlik qilish, shuningdek Rossiyaga olib ketilgan ukrain bolalarini qaytarish, Rossiyaga qarshi sanksiyalar, Rossiyaning Yevropadagi aktivlarini muzlatish hamda ukrain zaminini minalardan tozalash masalalarini muhokamaga kiritishni rejalashtirgan. Uning Davosdagi chiqishi 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Kreminna yaqinidagi pozitsiyalarda turgan ukrain harbiylari
Baxmut atrofidagi ukrainlarning razvedka dronlari
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024