Voronejga dronlar hujumi va asirlikdan mayib bo‘lib qaytgan jangchi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 692-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Voronejda dron parchalari turar joy ustiga tushdi. 11 yoshli bola jabrlangan. Hujumda Ukraina QK ayblangan, ukrain tomoni izoh bermagan.
- Oliy rada harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslarning yagona reyestrini tuzish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Unga ko‘ra, 17 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlarning ma’lumotlari ularning roziligisiz reyestrda avtomatik paydo bo‘ladi.
- Rosgvardiya polkovnigi Sergey Volkov Qrim ko‘prigi dronlardan yetarlicha himoyalanmagani ishi bo‘yicha olti yilga qamaldi. U o‘z aybiga iqror bo‘lmagan.
- Bryussel YeI mamlakatlari Ukrainaga qancha qurol yetkazib berganini tekshiradi. Avvalroq Germaniya kansleri ayrim ittifoqchilar tomonidan Kiyevga yetarlicha yordam ko‘rsatilmayotganini aytgandi.
- Finlandiya fevralda ham Rossiya bilan chegaralarini ochmoqchi emas.
Voronejga dronlar hujumi
RF mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 16 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Voronej oblasti ustida ukrainlarning sakkizta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirgan. Keyinroq region gubernatori Aleksandr Gusev dronlardan birining parchasi Voronej shahri Teplichnaya ko‘chasidagi kvartiraga tushgani va 11 yoshli qizni jarohatlaganini ma’lum qildi. Bir qancha xususiy va ikkita ko‘p kvartirali uylarda ham derazalar sinib ketgan, ulardandan birining balkonida yong‘in chiqqan (olov tezda o‘chirilgan).
Shahar meri Vadim Kstenin «operativ qaror qabul qilish» uchun favqulodda rejimi e’lon qilgan. U qancha vaqt davom etishiga aniqlik kiritilmagan.
Donetskda Putin uchun imzo yig‘ish jarayoni
Zaporijjyada britanlarning M777 gaubitsasini qo‘llayotgan ukrain jangchilari
Buyuk Britaniya ukrain armiyasi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda dastlab 2007–2008 yillarda Afg‘oniston va Iroqdagi janglarda qo‘llangan 155-millimetr kalibrli M777 gaubitsalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni tiklashni rejalashtirmoqda. 2022 yil aprelidan buyon Ukraina QK bunday gaubitsalardan 200 taga yaqinini qabul qilib olgan — ko‘plab brigadalarda ular sovetlarning 152-millimetr kalibrli artilleriya qurollarini almashtirgan.
Quyida ukrain harbiylari Zaporijjya oblastidagi front chizig‘ida M777 gaubitsalaridan qanday foydalanayotgani aks etgan suratlar.
Lvivda reabilitatsiya jarayonidagi ukrain harbiysi
Ukraina QK jangchisi, odessalik Vyacheslav Levitskiy Donetsk oblastining Avdiyivka shahri atrofidagi janglar vaqtida asirga tushgan. Ukrain nashrlari yozishicha, Levitskiy chechenlar bo‘linmasi qo‘lida asirlikda bo‘lgan; bu aynan qachon ro‘y bergani aniq emas. Shunisi ma’lumki, uni boshqa asirlar bilan birgalikda okkupatsiya ostidagi Donetsk yerto‘lalarida ushlab turishgan, keyin esa Grozniyga olib ketishgan.
Ushbu ukrainalik 2023 yil 11 iyun kuni amalga oshirilgan asirlar almashinuvi doirasida qaytarilgan. Asirdaligida uning ikki qo‘li va ikki oyog‘i amputatsiya qilingan: qo‘llari muzlab qolgani, oyog‘idan o‘q yegani tufayli. Levitskiy jurnalistlarga aytishicha, bu holatda omon qolishiga quroldoshi Sergey Potremay sababchi bo‘lgan. Sergey ham Vyacheslavdan minnatdor: uning so‘zlariga ko‘ra, u doimo Levitskiyning yonida bo‘lgani va unga g‘amxo‘rlik qilgani tufayli almashtiriladigan harbiy asirlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Hozirda Sergey Potremay Vinnitsa oblasti Plebanovka qishlog‘idagi uyida yashamoqda, Vyacheslav Levitskiy esa Lvivda reabilitatsiya jarayonidan o‘tmoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024