O‘zbekiston | 09:45 / 18.01.2024
5357
2 daqiqa o‘qiladi

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi 

O‘zbekiston prezidentining “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Foto: Alamy

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Ular: 

– yashirin iqtisodiyot ko‘lamini keskin qisqartirish orqali mamlakatda sog‘lom raqobat va xususiy biznesni rivojlantirish;
– yashirin iqtisodiyot shakllanishining turli sxemalari, xufiyona ishlab chiqarish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga barham berish orqali iqtisodiy barqarorlikni va aholi farovonligini ta’minlash;
– iqtisodiyotdagi xufiyona aylanmalarga qarshi kurashuvchi davlat organlari faoliyatining aniq yo‘nalishlarini belgilash orqali mas’uliyati va javobgarligini oshirish;
– keng jamoatchilikda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish.

Asosiy maqsad:

– qonunga itoatkor tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yashirin iqtisodiyotni repressiv yo‘l bilan emas, balki ularni rag‘batlantirish mexanizmlari va amaliy ko‘mak berish orqali ko‘lamini kamaytirish;
– jazolov choralarini kuchaytirishdan voz kechgan holda insofli tadbirkorni himoya qilish, ularga haqiqiy ko‘makchi bo‘lish hamda biznes rivojiga to‘siq bo‘luvchi korrupsion omillarga barham berish hisoblanadi.

Mavzuga oid