O‘zbekiston | 12:52 / 20.01.2024
3295
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Bryusselda Sharl Mishel bilan muzokaralar o‘tkazdi

Yevropa kengashi raisi O‘zbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyodagi konstruktiv siyosatini olqishladi.

Foto: Dunyo

Bryussel shahrida O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Yevropa munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik faollashgani qayd etildi. Hozirgi vaqtda barcha darajalarda, jumladan, oliy darajada yaqin aloqalar saqlanib qolmoqda. Yevropa kengashi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlarining ikkita uchrashuvi, o‘zaro aloqalar bo‘yicha Samarqand konferensiyasi va boshqalar muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekani tasdiqlandi.

Sharl Mishel O‘zbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyodagi konstruktiv siyosatini olqishladi. Mintaqa va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning barcha ko‘lamini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu sa’y-harakatlar alohida qayd etildi.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid