O‘zbekiston | 13:18 / 22.01.2024
14252
1 daqiqa o‘qiladi

1 apreldan ayrim qurilish obektlarini foydalanishga qabul qilishga ruxsatnoma berilmaydi

Joriy yilning 1 aprelidan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki qurilayotgan obektlarni foydalanishga qabul qilishga ruxsatnoma berilmaydi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qurilish sohasiga oid ma’muriy reglamentlarda qurilish ishlarini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlarini boshlashi uchun obektni ro‘yxatdan o‘tkazishlari shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, qurilish-montaj ishlari tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibini amalga oshirilishi ham qat’iy belgilab berilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2024 yilning 1 aprelidan e’tiboran hududiy inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki qurilayotgan obektlarni foydalanishga qabul qilishga ruxsatnoma berilmasligi bildirilgan.

Qayd etilishicha, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlarini kelishishdan boshlab foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtirilgan.

Mavzuga oid