O‘zbekiston | 11:39 / 23.01.2024
4428
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston hukumati 2024 yil uchun statistika dasturini qabul qildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2024 yil uchun statistika dasturi tasdiqlandi.
2024 yil uchun statistika dasturiga quyidagilar kiradi:
- prezident huzuridagi Statistika agentligi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistik ma’lumotlar;
- rasmiy statistik ma’lumotlarni tuzuvchilar tomonidan shakllantiriladigan statistik ma’lumotlar;
- ma’muriy ma’lumotlar yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumot;
- normativ-uslubiy bazani takomillashtirish, rasmiy statistika va funksional tartibga solishni uyg‘unlashtirish bo‘yicha choralar va boshqalar.
Hujjat bilan «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali ma’muriy ma’lumotlar yetkazib beruvchilarning statistika bo‘yicha ma’lumotlarni agentlikning axborot tizimiga integratsiya qilish va taqdim etish jadvali tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalarini Statistika agentligining axborot tizimlariga kiritish orqali rasmiy statistik ma’lumotlarni tayyorlashda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanish;
- ma’muriy ma’lumotlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida ma’muriy ma’lumotlar sifatini yaxshilash;
- axborot tizimlaridan foydalangan holda mavjud ma’muriy ma’lumotlar bazalaridan dolzarb va tezkor ma’lumotlarni olish tizimini takomillashtirish, qog‘oz shaklidagi ma’lumotlardan voz kechish hamda uni taqdim etish va qabul qilishda inson omilini kamaytirish.
Mavzuga oid
08:45
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024