Jahon | 22:25 / 23.01.2024
16451
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik ayol Hindistonda is gazidan vafot etdi 

Farg‘onalik 32 yoshli ayol baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Foto: Wikimedia

Hindistonning Haryana shtati, Sonipat shahridagi dam olish maskanlaridan birida o‘zbekistonlik ayol jasadi topildi. O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Sonipat shahri politsiyasi bilan bog‘lanib, voqea tafsilotlarini aniqlab oldi. 

Qayd qilinishicha, marhum farg‘onalik M.A. ismli 32 yoshli ayol bo‘lib, u va yana bir shaxs is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda. Hodisa sabablariga aniqlik kiritish bo‘yicha tezkor surishtiruv va tibbiy ekspertiza ishlari davom ettirilmoqda. 

Diplomatiya missiyasi mazkur hodisa bo‘yicha tergov-surishtiruv jarayonini nazoratga olgani ta’kidlanmoqda. Marhumning yaqin qarindoshlari bu haqda xabardor qilingan. Shuningdek, zarur bo‘lgan barcha konsullik-huquqiy amaliyotlar bajarilib, marhumning jasadini qisqa vaqt ichida O‘zbekistonga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda. 

 

Mavzuga oid