O‘zbekiston | 08:20 / 27.01.2024
10500
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkilamchi bozorda uy-joy narxining eng katta o‘sishi uch hududda qayd etildi

O‘tgan yil davomida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining eng katta o‘sishi Xorazm – 30,1 foiz, Toshkent – 28,9 foiz va Buxoro viloyatlarida kuzatildi - 24,5 foiz. 

Foto: Kun.uz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023 yilda ko‘chmas mulk bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani yuzasidan sharh e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda ko‘chmas mulk bozori yaxshi natijalarni ko‘rsatdi – bitimlar hajmi oshdi, uy-joy ijarasi narxi pasaydi, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 2023 yilda 5,7 foizga oshdi. Yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotildi, bu o‘tgan yilgi 257 mingta shartnomalarning umumiy ko‘rsatkichlaridan oshdi.

Bitimlar hajmining sezilarli o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi, bu o‘sish bo‘yicha barcha hududlarni ortda qoldirib, Qashqadaryo viloyatidan keyin ikkinchi o‘rinda, mos ravishda 16,8 foiz va 17,1 foizni tashkil etdi.

2023 yilda poytaxtning uy-joy ijarasi bozori barqarorlashdi. Umuman olganda, bir yil ichida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi va har kvadrat metr uchun 9,2 dollarni tashkil etdi.

Ikkilamchi uy-joy bozorida narx parametrlari sezilarli darajada o‘zgardi. Yil davomida ikkilamchi bozor 17,5 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik o‘sish 1,8 foizni, ikkinchisida esa 1 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yilga nisbatan ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining eng katta o‘sishi Xorazm – 30,1 foiz, Toshkent – 28,9 foiz va Buxoro viloyatlarida qayd etildi - 24,5 foiz. 

Mavzuga oid