O‘zbekiston | 18:52 / 29.01.2024
16041
1 daqiqa o‘qiladi

Quyi Chirchiq tumanida onasiga aliment to‘lamagan aka-singil 15 sutkaga qamaldi

Aka va singil mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan onasi uchun aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan.

Foto: MIB

Toshkent viloyatida onasining ta’minot pulini to‘lamagan aka va singil jazoga tortildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, FIB Quyi Chirchiq tumanlararo sudining 2023 yil 23 oktyabrdagi buyrug‘i bilan qarzdorlar D.U. va B.U.dan onasi D.U. foydasiga aliment undirish belgilangan. Ammo aka-singil bu majburiyatdan qochib, onasining ta’minoti uchun belgilangan aliment pulini to‘lashdan bosh tortib kelishgan.

Aka-singil bu qilmishi uchun jazoga tortildi: mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-ona uchun aliment pullarini to‘lashdan bosh tortganligi sababli qarzdorlarga nisbatan MJtKning 47-5 moddasiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid