Bino qurishdan avval tuproqning unumdor qatlami sidirib olinishi shartligi belgilandi
Yangi qonunga ko‘ra, yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart.
«Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy tamoyillar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o‘ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega.
Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart.
Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi.
Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmagani va saqlanmagani fakti aniqlanganda, yetkazilgan zarar mahalliy budjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag‘lari qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun sarflanadi.
Tuproqni o‘rganish Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
19:14 / 23.12.2024
Qurilish obektida ishlayotganlar shu manzilda vaqtincha ro‘yxatga olinadi
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024