O‘zbekiston | 19:21 / 05.02.2024
27978
1 daqiqa o‘qiladi

Dok-1 Maks ishi bo‘yicha sud tergovi yakunlandi

2023 yil 11 avgust kuni boshlangan sud jarayoni oradan olti oy o‘tib muzokara bosqichiga o‘tdi.

Foto: Kun.uz

5 fevral kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Muso Yusupov raislik qilayotgan mazkur jinoyat ishida sud tergovi yakunlangani ma’lum qilindi. Bu haqda sudda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Sud muzokaraga tayyorlanib kelish uchun davlat ayblovchisi hamda advokatlarga muddat berdi.

9 fevral, juma kuni muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, muzokaralarda prokuror, so‘ngra jabrlanuvchilar, himoyachilar va sudlanuvchilar so‘zga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 68 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” dori vositasiga doir jinoyat ishi bo‘yicha ilk sud ishi 2023 yil 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgandi. Ish doirasida 23 nafar shaxslar Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblanmoqda. Ularning 9 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Mavzuga oid