Jahon | 16:05 / 05.02.2024
10540
4 daqiqa o‘qiladi

Izyumdagi vayronalar va Baxmut atrofidagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 711-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina telemarafoni efirida Abrams tanki namoyish etildi — Donetsk yaqinidagi Avdiyivkadagi vaziyat haqidagi syujyetda. Bungacha ushbu texnikadan frontda foydalanilayotgani fakti yo‘q edi. Ukraina QK AQShdan 2023 yil oktyabrida Abrams rusumli 31 ta tank olgandi.
  • Volodimir Zelenskiy Zaporijjya oblastida Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumi doirasida 2023 yil avgustida ozod etilgan Rabotine qishlog‘iga keldi. U mintaqadagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan, shuningdek Ukraina QK komandirlari bilan muhim infratuzilmalar va mudofaa-sanoat komplekslari obektlari himoyasi masalasini muhokama qilgan.
  • Ushbu tashrif ortidan Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari o‘zgargan, bu lavozimda 2023 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Yuriy Malashko o‘rniga Rossiya qo‘shini tomonidan ishg‘ol etilgan Melitopol shahrining sobiq meri Ivan Fedorov tayinlangan.
  • Lisichanskdagi novvoyxonaga 3 fevral kuni yo‘llangan zarba oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida — Kreml tomonidan LXR favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan Aleksey Poteleshchenko ham bor.
  • RIA Novosti xabariga ko‘ra, Davlat dumasining sobiq deputati Ilya Ponomaryovga qarshi bir necha jinoiy ish ochilgan — jumladan davlatga xiyonat va terrorga chorlov bo‘yicha ham.
  • The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Rossiyada 2023 yilda sanksiyalar fonida aviahodisalar soni ikki barobar oshgan — 36 martadan 74 martaga.

Vayron bo‘lgan Izyum

Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Izyum shahrini 2022 yil 1 aprelida egallab olgandi — ular shahardan Donbassga shimoldan yurish qilishda asosiy platsdarm sifatida foydalanishni rejalashtirgandi. O‘sha yilning sentabr oyi boshida esa Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblastida amalga oshirilgan keng ko‘lamli qarshi hujum doirasida Izyumni ozod etishadi.

Keng ko‘lamli urush boshidan buyon Izyumda besh mingdan ortiq xususiy uylar va 120 ta ko‘p kvartirali uylar qisman shikastlangan yoki to‘liq vayron bo‘lgan. Rossiya bosqiniga qadar 45 ming kishi yashagan Izyumda hozirda taxminan 27 ming kishi qolgan (shundan qariyb 3 ming nafari — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar).

 

Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA
Moktar Hamdi / Sipa / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari

Baxmut atrofidagi oldingi chiziqda o‘ziyurar artilleriya qurilmasiga snaryad tayyorlayotgan ukrainalik harbiylar
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
92-brigadaning «Axilles» nomli zarbdor dronlar batalyoni jangchisi Ukraina QKning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarida FPV-dronlarga snaryad o‘rnatmoqda
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Snaryad yuklangan FPV-dronlar
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA
Boshpanada telefonda gaplashayotgan ukrainalik askar
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images

Mavzuga oid