Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
Bu yilgi yutuqlarni Tokio olimpiadasida kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri ekani ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda qayd qilinishicha, 2024 yilda sportga qariyb 2 trillion so‘m ajratiladi. Shu bois sportni ommalashtirish bo‘yicha tizim to‘liq va yuqori samara bilan ishlashi zarur. Hokimlar o‘zi musobaqalar tashkil qilib, yangi iqtidorlarni kashf qilishga yetarli e’tibor qaratmayapti. Oqibatda, hududlarda yaxshi sportchilar chetda qolib ketayapti.
Mahallalarni futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi kabi sportning 12 ta ommaviy turidan biriga ixtisoslashtirish, har oyda mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish muhimligi ta’kidlandi.
Sport vazirligiga va hokimliklarga yil davomida «sektor – tuman – viloyat – respublika» darajalarida ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish topshirildi.
«Sport maktablari – sport kollejlari – sport federatsiyalari – oliy mahorat maktablari» zanjiri asosida doimiy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish vazifasi qo‘yildi.
Prezident iyul-sentabr oylarida Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Bu yilgi yutuqlarni Tokio olimpiadasida kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri ekani ta’kidlandi.
Bu yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi natijalar tariximizda eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralarni hozirdan ko‘rish topshirildi.
Sport vazirligiga Parij-2024 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimiz uchun 15 ta Olimpiya va Paralimpiya markazida hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi 14 ta sport bazasida barcha sharoitlarni yaratish topshirildi.
Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari bilan birgalikda ularni chuqurlashgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, farmakologiya va diyetologiya jihatidan sifatli ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
15:24 / 04.12.2024
Sport odamlar umrini besh yilga uzaytirishi mumkin - tadqiqot
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
14:36 / 07.11.2024