Misr tomonidan taqdim etilgan gepatitga qarshi dorining navbatdagi turkumi O‘zbekistonga yetib keldi
Misr hukumati 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 mln dollar bo‘lgan jami 800 ming dona S va V gepatitlariga qarshi dori vositalarini insonparvarlik ko‘magi sifatida O‘zbekistonga taqdim etadi.
Misr tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan gepatitga qarshi dori vositasining navbatdagi partiyasi Toshkentga jo‘natildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ma’lum qilinishicha, Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasi o‘laroq, ushbu mamlakat hukumati tomonidan insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S va V gepatitlariga qarshi dori vositalarining joriy yildagi navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yuborishga kelishilgan.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan ajratilgan S gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining 2024 yildagi uchinchi partiyasini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib bergan. Jami 12 dona qutida 6 720 ta «Sofosbuvir-400mg» dori vositasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Qayd etilishicha, Misr tomoni 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” hamda V gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarini insonparvarlik ko‘magi sifatida O‘zbekistonga taqdim etadi.
Misr hukumati 2023 yil davomida S va V gepatitlariga qarshi umumiy qiymati 696 ming AQSh dollarga teng bo‘lgan dori vositalarini O‘zbekistonga yetkazib bergan.
Mavzuga oid
17:46
Misrdan gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
22:48 / 03.12.2024