Ukraina bo‘ylab yangi zarba oqibatlari va frontdagi «Vampir». Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 714-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi. Kiyev, Mikolayiv, Xarkiv va Ukrainaning boshqa shaharlari zarba ostida qoldi. Tinch aholi vakillaridan 40 kishi jarohatlanib, besh kishi halok bo‘lgan.
- Oliy rada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. U harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 27 dan 25 ga tushirishni, shuningdek, elektron chaqiruvni joriy etishni va muddatli harbiy xizmatni bekor qilib, uni bazaviy umumqo‘shin tayyorgarligi bilan almashtirishni nazarda tutadi.
- Norvegiya «Vagner» XHKning sobiq jangchisi Andrey Medvedevga boshpana berishdan bosh tortdi, ammo unga mamlakatda qolishga ruxsat berilgan. Bu qaror Medvedev RF muntazam armiyasida xizmat qilmagani va uni muntazam harbiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun jazolab bo‘lmasligiga asoslangan.
- Shvetsiya prokuraturasi «Shimoliy oqim»dagi portlashda mamlakat fuqarolarining aloqadorligi belgilarini topmadi va bu ish bo‘yicha surishtiruvlarni rasman to‘xtatdi
- «DXR» sudi 33 nafar ukrainalik harbiylarni 27 yildan 29 yilga qadar bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etdi. Ular Donetsk oblastini o‘qqa tutishda ayblangan.
- RF mudofaa vazirligi xabar berishicha, Belgorod «Vampir» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutilgan. Ikki kishi jabrlangan.
Kiyev bo‘ylab zarba oqibatlari
7 fevral tongida Rossiya qo‘shini Kiyev va Ukrainaning boshqa regionlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi. Mahalliy rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida mamlakat bo‘ylab jami besh kishi halok bo‘lgan (Kiyevda to‘rt, Mikolayivda — bir kishi) va 40 kishi jarohat olgan.
Kiyev harbiy ma’muriyati boshlig‘i Sergey Popkoning xabariga ko‘ra, shaharda havo trevogasi uch soatga yaqin davom etgan. Uning aytishicha, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari shahar ustida va uning atrofidagi hududlarda «yigirmaga yaqin» raketani urib tushirgan. Raketa qoldiqlari tushishi oqibatida Kiyevning ayrim hududlarida jiddiy vayrongarchiliklar qayd etilgan.
Poytaxt meri Vitaliy Klichkoning ma’lumotiga ko‘ra, shaharda tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohatlangan, ular orasida homilador ayol ham bor. Yong‘in ro‘y bergan ko‘p qavatli uydan 52 kishi evakuatsiya qilingan.
Volodimir Zelenskiy Ukraina «Rossiyaga albatta javob qaytarajagi»ni ma’lum qildi. «Terrorchilar hamisha o‘z harakatlari oqibatlarini o‘z tanasida his qilishadi», — deya qayd etgan u.
Zaporijjya oblastidagi ukrain dron operatorlari
Taker Karlson Moskvada
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024