Kiyevda Zalujniy iste’fosiga qarshi namoyish va Ximkida Z harfi hosil qilgan chang‘ichilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 717-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- The Economist Zalujniy Ukraina QK bosh qo‘mondonligidan iste’foga chiqarilishini «urushning yangi bosqichi» deb atadi.
- Ukraina milliy xavfsizlik xizmati rahbari Oleksiy Danilov Belgorod yaqinida qulagan Il-76 samolyotida ukrainalik harbiy asirlar bo‘lmaganini aytdi.
- Xarkivda RF dronlari hujumi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, shundan uch nafari bolalar. Odessa oblastiga hujum oqibatida to‘rt kishi yaralangan.
- The New York Times nashri yozishicha, yangi yetkazmalar bo‘lmasa, Ukrainada havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun snaryadlar mart oyiga qadar tugaydi.
- Zelenskiy general-mayor Anatoliy Bargilevichni Ukraina QK bosh shtabi boshlig‘i etib tayinladi.
- «Moskva» kreyserida halok bo‘lgan matrosning otasi aytishicha, Tergov qo‘mitasi kreyser cho‘kib ketishi bo‘yicha jinoiy ishni yopgan.
- Yekaterinburgda harbiy memorialga gul qo‘yish aksiyasiga kelgan besh kishi ushlandi. Moskvadagi aksiyada esa ikki jurnalist qo‘lga olingan.
Kiyevda Valeriy Zalujniy iste’fosiga qarshi namoyish
8 fevral kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina QK bosh qo‘mondoni, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon ukrain armiyasini boshqarib kelgan Valeriy Zalujniyni iste’foga chiqardi. Zelenskiy iste’fo sababini ochiqlamagan — shunchaki ukrain armiyasida «shoshilinch o‘zgartirishlar» talab etilganini aytgan. Zalujniy o‘rniga quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy tayinlandi. Zelenskiy uni «ukrainlarning eng tajribali qo‘mondoni» deb atagan. 9 fevral kuni Zelenskiy Zalujniyni Ukraina Qahramoni unvoni bilan taqdirladi.
Prezidentning bosh qo‘mondonni iste’foga chiqarish qarori barcha ukrainlar tomonidan ham ma’qullanmagan. «Meduza»ning Ukraina qurolli kuchlaridagi manbalari Zalujniy iste’fosiga juda salbiy munosabat bildirishgan.
Zalujniy va Sirskiyning qurolli kuchlardagi islohotlarga yondashuv va harbiy harakatlarni qanday olib borish bo‘yicha yondashuvlaridagi farq oxirigacha aniq emas: ularning ikkisi ham urushning so‘nggi yili davomidagi chiqishlarida taxminan bir xil gaplarni takrorlagan.
Rossiyaning Xarkivga zarbasidan keyin chiqqan yong‘in
10 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Shahed dronlari bilan Xarkiv shahri Nemishlyanskiy rayonidagi neft bazaga hujum uyushtirdi. Zarbadan keyin atrofga yonilg‘i sizib chiqishi oqibatida yong‘in boshlangan va bir necha kvartallarni yong‘in qamragan.
Yetti kishi yong‘in qurboni bo‘lgan. Uylardan birida Chugiyiv okruk prokuraturasi Volchansk bo‘limi prokurori Olga Putyatina va uning oilasi halok bo‘lgan — turmush o‘rtog‘i va uch o‘g‘li. Boshqa uyda 66 yoshli erkak va uning 65 yoshli rafiqasi yong‘in qurboniga aylangan.
Sergey Shoygu dronlar ishlab chiqarish zavodida
Ukrain harbiylarining Kreminna yaqinidagi o‘rmonzordagi pozitsiyalari
Rossiyalik askarlar asirlar almashuvi oldidan
Rossiya va Ukraina 8 fevral kuni navbatdagi asirlar almashuvini o‘tkazdi — Ukrainaga 100 nafar asir qaytarildi, Kiyev ham Moskvaga shuncha odamni topshirdi. Bu 24 yanvar kuni Belgorod oblastida Il-76 samolyoti halokatga uchraganidan keyin Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘tkazilgan ikkinchi almashuv bo‘ldi.
Limandagi vayrongarchilik
Liman — okkupatsiya ostidagi Donetskdan taxminan 100 kilometr shimolda joylashgan strategik muhim shahar bo‘lib, bu yerda yirik temiryo‘l tuguni bor. 2022 yil may oyi oxirida RF qo‘shini Limanni egallab olgandi — Ukraina QK uni o‘sha yil 1 oktyabrida o‘z nazoratiga qaytaradi. Shundan keyin Rossiya qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutib kelmoqda.
Liman meri Oleksandr Juravlyovga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumiga qadar shaharda 20 ming kishi yashagan, 2023 yil dekabr oyiga kelib bu yerda 5400 ga yaqin kishi qolgandi. Juravlyovning so‘zlariga ko‘ra, Limandagi infratuzilmaning 90 foizi shikastlangan yoki to‘liq yakson bo‘lgan.
Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari
«Rossiya chang‘i» poygasi starti
10 fevral kuni Rossiya shaharlarida 1982 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan «Rossiya chang‘i» poygasi o‘tkazildi. 2024 yilda yugurish Leningrad fashistlar qamalidan ozod etilganining 80 yilligiga bag‘ishlandi. Unda, tashkilotchilar bayonotiga ko‘ra, 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
Chang‘i poygalaridan biri an’anaviy tarzda Ximkida bo‘lib o‘tgan. Bu yil qatnashchilar startda ulkan Z harfini hosil qilib saflanishgan.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024