O‘zbekiston | 09:29 / 13.02.2024
17077
1 daqiqa o‘qiladi

Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi

U bungacha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori edi. 

Foto: Jo‘qorg‘i Kenges

Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Batirbek Kaipbergenov 1970 yilda Nukusda tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 1998 yilda Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Texnika fanlari doktori.

Mavzuga oid