Barcha metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilmoqda
Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsad qilingan. Respublikadagi barcha benzin «zapravka»larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi.
Energetika vazirligi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilayotganini ma’lum qildi.
«Respublika hududlarida havo harorati pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosim kamayishi holatlari kuzatilyapti.
Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.
AGTKShlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin «zapravka»larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar imkon qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz», deyilgan xabarda.
AGTKShlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ma’lum qilingan.
- Bundan oldinroq «Hududgazta’minot» keyingi kunlarda havo harorati pasayishi kutilayotgani munosabati bilan aholini tejamkorlikka chaqirib, haydovchilardan avtomobillarini yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘ragandi.
- 17 fevral kuni esa Buxoro viloyatida barcha AGTKSh faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
23:39 / 12.12.2024
Toshkent viloyatidagi «Chorbog‘» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi
17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi
17:00 / 28.11.2024
Noyabr – Energetika xavfsizligi oyi doirasida gaz transport tizimining xavfsizligi nazorat qilindi
23:44 / 19.10.2024