Banan importi 5 foizga kamaydi
O‘zbekistonga 2023 yilda 133,5 ming tonna banan import qilingan. Bu – 2022 yilda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichdan 6,7 ming tonna yoki 5 foizga kam.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili import qilingan 133,5 mln tonna bananning umumiy qiymati 95,1 mln dollar bo‘lgan.
Importning 97,4 foizi Ekvador hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:
- Ekvador – 130 ming tonna
- Xitoy – 1043 tonna
- Gruziya – 976 tonna
- Turkiya – 746 tonna
- Qozog‘iston – 375 tonna
Xitoy 2023 yilda ilk marta O‘zbekistonga banan yetkazib beruvchilar ro‘yxatida to‘rtlikka kirdi.
2021 yil oktyabrda oyida banan importi bojxona bojidan ozod qilinganidan keyin, bu meva importi keskin oshgan edi:
- 2020 yil – 39,7 ming tonna
- 2021 yil – 89,2 ming tonna
- 2022 yil – 140,2 ming tonna
- 2023 yil – 133,5 ming tonna
Eslatib o‘tamiz, banan va boshqa bir qator oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojsiz rejim muddati bir necha marta uzaytirilgan, o‘tgan yili oxirida muddat 2024 yil oxirigacha deb belgilangan.
Mavzuga oid
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
20:23 / 10.12.2024
Yog‘-moy mahsulotlari eksportiga ruxsat berilishi mumkin
21:17 / 29.11.2024
Auksionda 6,2 million dollarga sotib olingan bananni o‘z egasi yeb qo‘ydi
14:12 / 21.11.2024