Jahon | 16:24 / 19.02.2024
14260
6 daqiqa o‘qiladi

Tomonlar o‘rtasida zarbalar almashinuvi va Kreminna yaqinidagi janglar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 725-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrainlarning DeepState monitoring loyihasi rossiyalik harbiylar Avdiyivkada asirlikka tushgan olti nafar ukrain harbiysini o‘ldirgani haqida xabar berdi. RF mudofaa vazirligi shahar egallangani haqida 17 fevral kuni e’lon qilgandi.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi har kunlik hisobotida «Tsezar Kunikov» yirik desant kemasi halokati ortidan RF Qora dengiz floti rahbari Viktor Sokolov ishdan olingani haqida xabar berdi. Sokolovning iste’fosi haqidagi xabar rasman tasdiqlanmagan.
  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari xabariga ko‘ra, 14 ta apparatdan 12 tasi urib tushirilgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.
  • Qutqaruvchilar 17 fevral kuni rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan Kramatorsk va Slovyanskda xarobalar ostidan to‘rt kishining jasadini chiqarib olgan.
  • Boris Nemsovning qizi Janna Nemsova Navalniyning o‘limiga javoban Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar qo‘llovni kuchaytirish lozimligini aytdi.

Okkupatsiya ostidagi Panteleymonovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

«DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Pushilin 17 fevral kuni Panteleymonovka posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘lib, yana olti kishi jarohat olgani haqida xabar berdi. Ikki qavatli ko‘p kvartirali uy vayron bo‘lgan: «Binoning yarmi qulagan va yong‘in chiqqan. Xarobalarni tozalash chog‘ida uch kishi qutqarildi», — deyiladi Pushilinning xabarida. Qurbonlar orasida — 2009 yilda tug‘ilgan qiz ham bor.

Keyingi kuni, 18 fevralda, mahalliy rasmiylar «raqibning kassetali o‘q-dorilari detonatsiyaga uchrashi oqibatida» olti kishi jarohat olgani haqida xabar berdi. Panteleymonovkada jarohat olganlar orasida 2012, 2013 va 2014 yillarda tug‘ilgan uch bola ham bor; ularning holati og‘ir, deb baholanmoqda, degan Pushilin.

Panteleymonovkada yashovchi 72 yoshli ayol 15 yoshli nabirasi jasadi ustida yig‘lamoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Panteleymonovkada vayron bo‘lgan uy
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
So‘nggi zarbalar vaqtida vayron bo‘lgan ko‘p kvartirali uydan buyumlarini olib chiqayotgan mahalliy aholi vakili
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Liman yaqinidagi rus artilleriyachilari

Rossiya Markaziy harbiy harbiy okrugi artilleriya qismi harbiy xizmatchilari S-60 zenit qurilmasidan ukrainlarning Liman hududidagi pozitsiyalariga o‘t ochmoqda. Liman — okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 100 kilometr shimoldagi strategik muhim shahar bo‘lib, bu yerda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan. 2022 yil may oyi oxirida RF qo‘shini Limanni egallagandi — Ukraina QK o‘sha yil 1 oktyabrida uni nazoratiga qaytaradi. Rossiya qo‘shini shaharni muntazam ravishda o‘qqa tutib kelmoqda.
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Slovyansk va Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

17 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kramatorsk va Slovyansk shaharlarini o‘qqa tutdi. To‘rt kishi halok bo‘lgan, shundan uch nafari bir oila a’zolari bo‘lgan: 46 yoshli ayol, 23 yoshli o‘g‘il va uning buvisi — ularning jasadlari Kramatorskda vayron bo‘lgan turar joy binosi xarobalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek Slovyanskda maktab qorovuli halok bo‘lgan. Ushbu shaharda «yengilmas punkt» va ijtimoiy oshxona vazifalarini bajargan bino ham shikastlangan.

Kramatorskda vayron bo‘lgan uy joyida ishlayotgan qutqaruvchilar
Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Kramatorsk rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadini olib ketayotgan qutqaruvchilar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Slovyanskdagi 18-sonli maktab binosida olovni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Jose Colon / Anadolu / Getty Images

Ukraina qurolli kuchlarining Kreminna o‘rmonidagi pozitsiyalari

Donetsk oblastidagi yerosti boshpanasida turgan ukrain piyodasi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Kreminna yo‘nalishidagi piyodalar pozitsiyasiga o‘rmon orqali ketayotgan askar
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images
Ukraina Milliy gvardiyasi 1-prezident brigadasi artilleriyachilari rossiyaliklarning pozitsiyalari bo‘ylab italyanlar yetkazib bergan 105-millimetr kalibrli gaubitsasidan o‘t ochmoqda. Surat olingan aniq manzil ko‘rsatilmagan
Scott Peterson / Getty Images
Artilleriya snaryadlari
Scott Peterson / Getty Images
Granatomyotdan o‘t ochayotgan ukrain piyodasi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / Getty Images

Mavzuga oid