Iqtisodiyot | 14:03 / 22.02.2024
12119
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 3 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekiston 65 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Photo: Kun.uz

O‘zbekiston 2023 yilda qiymati 3,1 mlrd AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,5 foizini tashkil etgan. 

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (41 foiz), kalava-ip (41,1 foiz) asosiy ulushni egallagan. 

Yil boshidan 639 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 65 ta davlatiga eksport qilingan. Natijada, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. 

To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida: 

  • tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1,3 mlrd; 
  • kalava-ip – 1,3 mlrd;
  • trikotaj mato – 306,6 mln; 
  • gazlamalar – 176,5 mln; 
  • paypoq mahsulotlari – 61,1 mln dollar.

Mavzuga oid