O‘zbekiston | 11:36 / 22.02.2024
10948
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

23–29 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

«O‘zgidromet» agentligi 23–29 fevral kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli ko‘chki respublikaning tog‘li, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Mavzuga oid