O‘zbekiston | 08:00 / 23.02.2024
90847
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun, 8 mart kuni esa besh kunlik ish haftasi ishchilari 3 kun dam oladi.

O‘zbekiston aholisi mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi. Yakshanba kunlarini hisobga olgan holda haftasiga 5 kun ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari 13 kun dam oladi.

2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22 mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23 mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

8 mart, juma, keyin 9 va 10 mart shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni. 21 mart payshanba - Navro‘z bayrami. Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam oladi: 21, 22, 23 va 24 mart.

Mavzuga oid