Birja orqali xarid qilingan mis xomashyosi to‘lovini bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi
Prezident tomonidan “Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Mis xomashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha komissiya tashkil etilmoqda. Komissiya birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilayotgan mahalliy korxonalar faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganadi:
- ishlab chiqarishda ko‘p pog‘onali texnologik zanjir joriy etilganligi;
- ishlab chiqarish jarayoni raqamlashtirilganligi va xalqaro sertifikat mavjudligi;
- sinov bazasi mavjudligi va asosiy vositalarning yangilanish darajasi va boshqa yo‘nalishlar.
O‘rganish natijalariga ko‘ra komissiya mis xomashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Ro‘yxatga kiritilgan korxonalar mis xomashyosini xarid qilish uchun birja savdolarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun to‘lovlarning 25 foizi bo‘nak tarzida, qolgan 75 foizi mis xomashyosi olinganidan so‘ng 90 kun ichida to‘lashga ruxsat beriladi. Bunda, mis xomashyosi uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar summasi quyidagicha belgilanadi:
- 30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga - foiz hisoblanmaydi;
- 31 kundan 60 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga - Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida foiz hisoblanadi;
- 61 kundan 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga - Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:35 / 16.12.2024
Birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi
16:39 / 15.12.2024
AI-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan, o‘zida saqlab turgan «zapravka»larga chora ko‘rildi
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
09:55 / 11.12.2024