Toshkentda maktab o‘qituvchisi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuz berdi
O‘qituvchi o‘quvchining sochidan tortib darsdan chiqarib yuborgan. Ma’lum qilinishicha, holat poytaxtdagi 103-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Vazirlik vaziyatni mas’ullar o‘rganayotganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda poytaxtning 103-maktabda ekanligi aytilgan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal videosi tarqaldi. Unda o‘qituvchi o‘quvchini tortqilab, darsdan chiqarib yuborishga uringani aks etgan. Bola o‘qituvchisiga qarshilik qilib, uni bir necha marotaba itarib ham yuborgan. Keyin o‘qituvchi bolaga tanbehlar berib, uni siltagan va xonadan chiqarib yuborgan.
Videoda ikki tomonning o‘zaro janjali davomida sinfdagi o‘quvchilar darsda shovqin ko‘tarib baqirgani, qarsaklar chalgani, bolalardan biri «doska» oldiga chiqib, raqsga tushganini ko‘rish mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, holat chindan ham 103-maktabda sodir bo‘lgan. Hozirda Toshkent shahar MMTB o‘rganish olib bormoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
11:02 / 19.12.2024
Navoiyda bir maktabdan ketma-ket uch o‘quvchi vafot etdi
16:06 / 11.12.2024
Forishda 64 yoshli erkak o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qildi
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
23:13 / 28.11.2024