O‘zbekiston | 08:00 / 27.02.2024
8587
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholining suvdan qarzdorligi qancha ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda hozirgi vaqtda iste’molchilarning suvdan debitor qarzdorligi 954 milliard so‘mni tashkil etyapti.

Qarzdorlikning 767 milliard so‘mi jismoniy iste’molchilarga, 186 milliard so‘m qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.

“O‘zsuvta’minot” axborot xizmati rahbari Akmal Murodov xabariga ko‘ra, joriy yil yanvar oyi holatida debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha sudlarga jami 13,6 milliard so‘mlik da’vo arizalari kiritildi. Respublika bo‘yicha sudlarga eng ko‘p da’vo arizalari Toshkent shahri va Samarqand viloyati suv ta’minoti korxonalari tomonidan chiqarilgan.

“O‘zsuvta’minot” va hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan joriy yil boshidan buyon o‘tkazilayotgan maxsus tadbirlar davomida 696 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, jami yetkazilgan zarar 5,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga oid