O‘zbekiston | 07:51 / 29.02.2024
10835
1 daqiqa o‘qiladi
1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridi bekor qilindi.
Agentlik xabariga ko‘ra, masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarda quyidagi davlat buyurtmachilari umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan:
- Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining 432 million so‘mlik;
- Chapqirg‘oq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 79,9 million so‘mlik;
- Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasining 533,2 million so‘mlik.
Ushbu davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmachilarga agentlik taqdimnomalari kiritilib, xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bo‘yicha bayonnomalari bekor qilindi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
23:13 / 30.01.2024
Davlat xaridlarida sun’iy intellektdan foydalanilishi mumkin
07:40 / 16.01.2024
Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklov kuchaytirilishi mumkin
21:26 / 28.11.2023
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish uchun keyingi bir yilda nimalar qilmoqchi?
11:52 / 23.11.2023